Toshkent voleybol bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi
Sport
Toshkent bu yil yozda jahon voleyboli maydoniga aylanadi - 24-iyuldan 3-avgustgacha O‘zbekiston poytaxti voleybol bo‘yicha 19 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar (U19) o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Tarixda ilk bor jahon terma jamoalari ushbu unvonni o‘zbek zaminida o‘ynaydi.
Jahon voleybol hamjamiyati yana bir bor O‘zbekistonga e’tibor qaratmoqda: 24 iyuldan 3 avgustga qadar Toshkentda 19 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar (U19) o‘rtasida voleybol bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Mamlakatimiz ushbu sport turi bo‘yicha birinchi marta bunday darajadagi musobaqalarga mezbonlik qilmoqda.
Turnirda dunyoning eng kuchli 24 terma jamoasi ishtirok etib, chempionlik uchun kurash olib boradi. O‘yinlar "Yunusobod" sport majmuasi hamda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti arenalarida bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston terma jamoasi "A" guruhida Belgiya, Argentina, Puerto-Riko, Turkiya va Pokiston terma jamoalari bilan bellashadi. Terma jamoamizning barcha o‘yinlari "Yunusobod" maydonida bo‘lib o‘tadi va soat 17:00 da boshlanadi.
O‘zbekiston terma jamoasining o‘yinlar jadvali:
24-iyul - O‘zbekiston - Turkiya
25-iyul - O‘zbekiston - Pokiston
26-iyul - O‘zbekiston - Puerto-Riko
28 iyul - O‘zbekiston - Argentina
29-iyul - O‘zbekiston - Belgiya
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi uchun bu jahon maydonida o‘zini ko‘rsatish, muxlislar uchun esa bo‘lajak voleybol yulduzlarini jonli ko‘rish imkoniyatidir. Turnir nafaqat sport, balki xalqaro aloqalar va mamlakatning global maydondagi imijini mustahkamlaydigan madaniy tadbirga aylanishi kutilmoqda.

Powered by Froala Editor