Parij tunda ommaviy tartibsizliklar ostida qoldi

Dunyo

Fransiya parlament saylovlaridan so‘ng yonmoqda, politsiya xodimlari namoyishchilarni ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz bilan tarqatmoqda.

Parij tunda ommaviy tartibsizliklar ostida qoldi
Ko'chalarda tumonat odamlarni, yong'in, singan do'kon oynalari va barrikada qilib o’rnatilgan axlat qutilarini ko’rish mumkin. Namoyishchilar politsiya bilan “otishma”da. Namoyishchilar politsiya xodimlari bilan "otishma" uyushtirishdi. Ko'zdan yosh oqizuvchi gaz, tutun bombalari va feyerverklar ishlatildi.

30-iyun kuni Fransiya Milliy Assambleyasiga saylovning birinchi turi bo'lib o'tdi. Ovoz berish natijalariga ko'ra Marin Le Penning "Milliy uyushma" partiyasi yetakchilik qilmoqda. “Yangi xalq fronti” 29,1 foiz bilan ikkinchi o‘rinda. 21,5 foiz ovoz olgan Fransiya prezidenti Emmanuel Makron koalitsiyasi uchinchi o‘rinni egalladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing