Parijda politsiya va o‘quvchilar namoyishi ishtirokchilari to‘qnashdi
Dunyo
Fransiyada ta’lim tizimidagi muammolarga qarshi yuqori sinf o‘quvchilari namoyishlari tartibsizliklar bilan kechmoqda. Parijdagi Bastiliya maydonida namoyishchilar va politsiya to‘qnashdi. Huquq-tartibot kuchlari suv purkagich va ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatdi, ayrim ishtirokchilar esa politsiyaga turli buyumlarni uloqtirdi.
Fransiya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, payshanba kuni mamlakat bo‘ylab aksiyalarda 71,5 ming kishi, jumladan, Parijda 24,5 ming kishi qatnashgan. Tartibsizliklar bo‘yicha 504 kishi ushlandi, 48 nafar politsiyachi va jandarmeriya xodimi jarohatlandi. Maktablar oldidagi aksiyalarda yana 55 ming kishi qatnashdi. Vazirlik tinch namoyishlar bilan birga ko‘cha zo‘ravonligi ortganini qayd etdi.
Le Monde nashriga ko‘ra, Bastiliya maydonida bir necha ming kishi yig‘ilgan, ular orasida «black bloc» radikal guruhi vakillari ham bo‘lgan. Vaziyat keskinlashgach, ayrim namoyishchilar politsiyaga ko‘cha mebellari va boshqa buyumlarni uloqtirdi. Politsiya suv purkagich, ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va shovqinli granatalardan foydalanib, namoyishchilarni maydon markazidan siqib chiqardi.
Namoyishlar ikkinchi haftadan beri davom etmoqda. O‘quvchilar tig‘iz dars jadvali, o‘qituvchilar yetishmasligi va ta’limdagi boshqa muammolarga qarshi chiqmoqda. Xabarlarga ko‘ra, harakat boshlanganidan buyon 6,6 mingdan ortiq kishi, asosan voyaga yetmaganlar, ushlandi.
Boshqa shaharlarda ham tartibsizliklar kuzatildi. Strasburgda politsiya avtomobili yoqildi, La-Roshelda politsiya binosiga zarar yetkazildi, Bordoda esa politsiya bo‘limini yoqishga urinish bo‘ldi. Shahardagi litsey talon-toroj qilinib, qariyb o‘nta kompyuter o‘g‘irlandi va qog‘oz omboriga o‘t qo‘yildi. Zarar bir necha yuz ming yevroga baholandi. Marselda maktab direktorining o‘rinbosari, Tuluzada esa litsey direktori kaltaklandi. Sen-Shamonida direktor o‘rinbosari pirotexnika vositasidan yuzidan kuyish jarohatini oldi.
Bosh vazir Sebastyan Lekornyu o‘quvchilar shikoyatlariga javoban hukumat oktabr oxirigacha choralarni taqdim etishini bildirdi.

Powered by Froala Editor