Pashinyan: Rossiya konsessiyasi Armaniston temir yo‘llarining xalqaro yo‘nalishlarga integratsiyasiga to‘sqinlik qilmoqda
Dunyo
Armaniston milliy temir yo‘l infratuzilmasini boshqarish masalasida Rossiya bilan murosa topishga intilmoqda. Bosh vazir Nikol Pashinyanning ta’kidlashicha, amaldagi Rossiya konsessiyasi modeli Armaniston temir yo‘llarining xalqaro transport tarmoqlariga integratsiyalashuviga to‘sqinlik qilmoqda.
Pashinyanning so‘zlariga ko‘ra, Yerevan Rossiya bilan kelishuvni bekor qilishni va keskin choralar ko‘rishni istamaydi. U mumkin bo‘lgan variantlardan biri sifatida Rossiya tomonidan konsessiya huquqlarining sotilishini tilga oldi. Bunda Rossiya loyihada ozchilik ulushini saqlab qolishi yoki infratuzilma va tashuvlarni boshqarish vakolatlari taqsimlanishi mumkin.
Bosh vazirning qayd etishicha, yirik potensial temir yo‘l foydalanuvchilari Rossiya boshqaruvi sabab Armaniston orqali o‘tuvchi yo‘nalishlar o‘rniga muqobil marshrutlarni izlamoqda.
Armaniston temir yo‘llari 2008-yildan buyon Rossiya temir yo‘llarining sho‘ba korxonasi — «Janubiy Kavkaz temir yo‘li» kompaniyasi tomonidan konsessiya asosida boshqariladi. Boshqaruv modelini o‘zgartirish masalasi Yerevan va Moskva o‘rtasida bir necha oydan beri muhokama qilinmoqda. Aprel oyida Pashinyan bu masalani Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ham muhokama qilganini bildirgan.
Shu bilan birga, Pashinyan Armanistonning iqtisodiy aloqalarni diversifikatsiya qilish siyosatini davom ettirishini ta’kidladi. Uning fikricha, mamlakat savdo va iqtisodiyotda bitta hamkorga haddan tashqari bog‘lanib qolmasligi kerak.
Yevropa Ittifoqi va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi o‘rtasidagi tanlov haqida gapirar ekan, bosh vazir hozircha Armanistonga har ikki tuzilma bilan aloqalar zarurligini aytdi. Shu bilan birga, mamlakat kelajakda ikkala ittifoqqa ham qo‘shilmasligi mumkinligini istisno qilmadi.

Powered by Froala Editor