Pavel Durov Parijda hibsga olindi
Biznes
Fransiyaning mashhur LCI telekanali xabariga ko‘ra, Telegram asoschisi Pavel Durov Parijda hibsga olindi. Hibsga olishning sababi — Durovning Fransiya huquq-tartibot organlari bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgani bilan bog‘liq.
Fransiyaning TF1 telekanali 24-avgust kuni kechqurun Telegram asoschisi va milliarder Pavel Durov Parijning Le Burje aeroportida, maxsus jetidan tushganidan so‘ng hibsga olinganini xabar qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Durovning Fransiya huquq-tartibot organlariga jinoyatchilikka qarshi kurashda yordam bermaganligi hibsga olish uchun asos bo‘lgan.
TF1 telekanalining xabariga ko‘ra, Telegram’dagi moderatsiyaning yo‘qligi, vaqtinchalik raqam bilan ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati va ilova ichidagi kriptovalyutalar kabi funksiyalar Durovni giyohvand moddalar savdosi, bolalar huquqlariga qarshi jinoyatlar va firibgarliklarda ishtirokchi sifatida ko‘rsatadi. Bu ayblovlar tafsilotlari BFMTV telekanali tomonidan ham tasdiqlandi.
Fransiyaning ONAF (Soliq va bojxona boshqarmasi qoshidagi Milliy firibgarlikka qarshi kurash boshqarmasi) tergovchilari Durovni hibsda ushlab turishmoqda va 25-avgust kuni unga rasmiy ayblov e’lon qilinishi kutilmoqda. TF1 manbalariga ko‘ra, Durovning qamoqqa olinishi ehtimoli yuqori, va bu holat Telegram’dagi jinoyatchilikka qarshi qattiq chora ko‘rish uchun bahona bo‘lishi mumkin.
Hibsga olishning maqsadi Telegram’da erkin faoliyat yuritayotgan jinoyatchilarni qo‘rqitish va bu orqali boshqa Yevropa davlatlariga bosim o‘tkazib, shifrlangan yozishmalarga kirish huquqini olishdan iborat, deb qo‘shimcha qildi manba.

Powered by Froala Editor