Paxta-to'qimachilik klasterlari uchun kreditlarni to'lash muddati uzaytirildi

O'zbekiston

Prezident ularga berilgan imtiyozli kredit muddati 2025 yil 1 aprelgacha uzaytirilishi bo'yicha qaror qabul qildi.

Paxta-to'qimachilik klasterlari uchun kreditlarni to'lash muddati uzaytirildi
O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 17-iyul kuni o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida paxta-toʼqimachilik klasterlarining moliyaviy barqarorligi bilan bogʼliq masalalar koʼrib chiqildi. Ularga berilgan imtiyozli kredit muddati 2025 yil 1 aprelgacha uzaytirilishi belgilandi.

Oʼtgan yili paxta yetishtirish uchun olingan kreditni muddatida toʼliq qaytargan klasterlarga imtiyozli kreditning 8 foizi qaytariladi.

Bu yil paxta xaridi uchun imtiyozli kredit klasterlarning ip-yigiruv korxonalariga beriladi. Klasterlar sotib olingan paxta tozalash zavodi qiymatining kamida 35 foizini toʼlasa, bu mulkni garovga qoʼyishga ruxsat beriladi.

Videoselektorda, shuningdek, mutasaddilarga chuqur tahlil qilib, iqtisodiy samarasiz, moliyaviy majburiyati yuqori boʼlgan klasterlar maqomini qayta koʼrib chiqish zarurligi koʼrsatib oʼtilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing