Paxta xomashyosini o‘z mablag‘lari hisobidan yetishtirganlarga belgilangan miqdorda subsidiya ajratiladi

O'zbekiston

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmonga muvofiq, 2025 yil hosilidan paxta xomashyosini o‘z mablag‘lari va tijorat kreditlari hisobidan yetishtirib, Birjada sotgan xo‘jaliklarga shakllangan hisobvaraq-faktura qiymatining 10 foizi miqdorida subsidiya ajratiladi.

Paxta xomashyosini o‘z mablag‘lari hisobidan yetishtirganlarga belgilangan miqdorda subsidiya ajratiladi
Shuningdek, fyuchers shartnomalari kalendar yilning 1 noyabridan keyingi yilning 1 iyunigacha xo‘jaliklar va qayta ishlovchilar o‘rtasida birjada erkin shakllanadigan, biroq e’lon qilingan boshlang‘ich narxdan past bo‘lmagan narxda tuziladi;

-forvard shartnomalari kalendar yilning 1 noyabridan keyingi yilning 1 martigacha xo‘jaliklar va qayta ishlovchilar o‘rtasida o‘zaro kelishilgan narxlarda tuziladi;

-spot shartnomalari real vaqt rejimida omborda saqlanayotgan paxta xomashyosi hajmiga xo‘jaliklar va qayta ishlovchilar o‘rtasida o‘zaro kelishilgan narxda tuziladi;

-saqlash omborlari yoki ijara shartnomalari mavjud bo‘lmagan xo‘jaliklar o‘zi yetishtiradigan paxta xomashyosi bo‘yicha har hosil yilining 1 martigacha forvard yoki 1 iyunigacha fyuchers shartnomalari rasmiylashtiradi.

Bundan tashqari, paxta xomashyosini yetishtirish uchun olingan imtiyozli kreditlarni hosil yilining yakuniga (tegishli yilning 31 dekabriga) qadar qaytargan xo‘jaliklarga ushbu kreditlar bo‘yicha to‘langan foiz to‘lovlarining 4 foizlik punktini subsidiya sifatida qaytarib berish tartibi joriy etiladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing