Pekinda O‘zbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

Siyosat

24-yanvar kuni Pekin shahri Tyananmen maydonidagi Xalq yig‘inlari uyida davlat tashrifi bilan Xitoyda bo‘lib turgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.

Pekinda O‘zbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston rahbari sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. XXR raisi Si Szinpin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni kutib oldi.

Yetakchilar ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari a’zolarini qutladilar
Harbiy orkestr ijrosida O‘zbekiston va Xitoy madhiyalari yangradi.

Faxriy qorovul boshlig‘i Shavkat Mirziyoyevga raport berdi. Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar. Marosimdan so‘ng oliy darajadagi muzokaralari boshlandi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing