Pentagon Garvard bilan aloqalarni uzdi
Dunyo
AQSh Mudofaa vazirligi Garvard universiteti bilan hamkorlikni to‘xtatishini e’lon qildi. Qarorga ko‘ra, harbiy tayyorgarlik dasturlari, stipendiyalar va sertifikatlash kurslari 2026–2027 o‘quv yilidan boshlab bekor qilinadi.
Mudofaa vaziri Pit Xegsetning so‘zlariga ko‘ra, universitet endilikda qurolli kuchlar ehtiyojlariga mos kelmaydi. U Garvard ta’lim siyosatini haddan tashqari “woke” mafkurasiga yo‘naltirilganlikda ayblab, bu yondashuv ofitserlar korpusini zaiflashtiradigan g‘oyalarni targ‘ib qilayotganini ta’kidladi.
Pentagon va universitet o‘rtasidagi hamkorlik doirasida harbiylar uchun tayyorgarlik dasturlari, stipendiyalar va maxsus kurslar mavjud edi. Endilikda bu tashabbuslar to‘xtatiladi va Pentagon boshqa ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni kuchaytirishga e’tibor qaratadi.

Powered by Froala Editor