PI Assambleyasi Yalpi Majlisda Prezident Mirziyoyev nutq so‘zlaydi
O'zbekiston
2025-yil 5–9-aprel kunlari Toshkent shahri muhim xalqaro tadbirga mezbonlik qilmoqda — bu yerda Parlamentlararo Ittifoqning (PI) 150-yubiley assambleyasi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu nufuzli anjuman doirasida bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev PI Assambleyasining yalpi majlisida nutq so‘zlashi rejalashtirilgan.
Prezidentning nutqi doirasida global xavfsizlik, barqaror taraqqiyot, parlamentlararo muloqotning kuchaytirilishi kabi dolzarb masalalarga e’tibor qaratilishi kutilmoqda. Shuningdek, davlat rahbari xalqaro parlament yetakchilari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi ham rejalashtirilgan.
Mazkur Assambleya o‘z ko‘lami va ishtirokchilar soni bilan tarixiy ahamiyat kasb etmoqda. Unda 180 ta davlat, 15 ta kuzatuvchi mamlakat hamda 25 dan ortiq xalqaro va parlamentlararo tashkilot vakillaridan iborat 2 mingga yaqin delegat ishtirok etmoqda.
Assambleya doirasida PI’ning barcha asosiy organlari faoliyat yuritmoqda. Xususan:
To‘rtta mavzuli doimiy qo‘mita yig‘ilishlari,
Yosh parlamentariylar forumi,
Parlament a’zolarining inson huquqlari va Yaqin Sharq masalalari bo‘yicha qo‘mitalari majlislari,
Parlamentar ayollar forumining 40 yillik yubiley tadbiri o‘tkaziladi.
Tadbir yakunida muhim hujjatlar — Parlamentlararo Ittifoqning rezolyutsiyalari hamda Toshkent deklaratsiyasini qabul qilish rejalashtirilgan. Bu deklaratsiyada barqaror taraqqiyot, tinchlik va xalqaro birdamlik yo‘lidagi parlamentlararo hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari belgilab beriladi.
Eslatib o‘tamiz, Parlamentlararo Ittifoq 1889-yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirda 181 milliy parlament va 15 mintaqaviy parlament organlarini birlashtirgan eng yirik xalqaro parlament platformasidir. Joriy Assambleya davomida Beliz davlatining PIga yangi a’zo sifatida qo‘shilishi ham kutilmoqda.
Toshkentda Assambleya o‘tkazilishi bo‘yicha kelishuv bundan bir yil avval Jenevada O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva hamda PI Bosh kotibi Martin Chungong tomonidan imzolangan edi.

Powered by Froala Editor