Polsha dunyodagi vaziyat yomon tus olishiga tayyorlanayotganini ma’lum qildi

Dunyo

Polsha mudofaa vaziri Vladislav Kosiniyak-Kamish 2024–2025-yillarda “to‘liq shay holatdagi Polsha bo‘linmalari” Yevropa Ittifoqining tezkor kuchlariga qo‘shila olishini ta’kidladi.

Polsha dunyodagi vaziyat yomon tus olishiga tayyorlanayotganini ma’lum qildi
Uning ta'kidlashicha, Polsha dunyodagi vaziyat yomon tus olishini inkor etmayapti va bunga jiddiy yondashmoqda. Kosiniyak-Kamish Rossiya bilan mojaroda Ukrainaning mag’lub bo’lishi va Rossiya Federatsiyasining NATO mamlakatlariga hujum qilishi mumkinligi haqidagi savolga javob berar ekan, ular har qanday imkoniyatni ko'rib chiqishayotganini ta'kidladi.

Vazir, shuningdek, dunyodagi vaziyat nafaqat Ukraina, balki Qizil dengiz va Tinch okeani mintaqalarida ham juda jiddiy ekanini ta'kidladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing