Poytaxtning yashil yo‘li: Saida Mirziyoyeva jamoat makonlarini rivojlantirish ustuvor yo‘nalishlarini belgiladi
O'zbekiston
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva shahar bog‘lari va jamoat makonlarini rivojlantirish rejalashtirilayotgan bir qator obyektlarni ko‘zdan kechirdi. Asosiy e'tibor yashil hududlarni kengaytirish, shahar muhitining qulayligi va mavjud infratuzilmani modernizatsiya qilish masalalariga qaratildi.
Tashrif davomida Afrosiyob ko‘chasidagi bog‘ ko‘rib chiqildi. Uni barcha fuqarolar uchun to‘liq qulay jamoat hududiga aylantirish rejalashtirilgan. Shuningdek, Sayilgoh ko‘chasi, Amir Temur shoh ko‘chasi va unga tutash hududlarni rekonstruksiya qilish, Bobur nomidagi Ekopark hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi bog‘ni kengaytirish loyihalari muhokama qilindi.
Saida Mirziyoyevaning ta'kidlashicha, Toshkent jadal rivojlanayotgan bo‘lsa-da, yashil jamoat hududlari yetishmasligi dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Shu sababli yangi bog‘lar barpo etish va ko‘kalamzorlashtirish shahar rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlari sifatida belgilanmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, asosiy maqsad poytaxtga yashil shahar maqomini qaytarish, aholining dam olishi va sayr qilishi uchun ko‘proq jamoat makonlarini yaratish, inklyuziv muhitni rivojlantirish, xavfsizlikni mustahkamlash hamda mavjud infratuzilmadan yanada samarali foydalanishni ta'minlashdan iborat.

Powered by Froala Editor