Prezident Chustda bolalarning zaharlanishi holatidan qattiq tashvishda — Asadov

O'zbekiston

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatining Chust tumanida bolalarning zaharlanishi holatidan xabar topdi va bundan qattiq tashvishda. Bu haqda Prezidenti Matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Prezident Chustda bolalarning zaharlanishi holatidan qattiq tashvishda — Asadov
“Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatining Chust tumanida yuz bergan bolalar sog‘lig‘i bilan bog‘liq noxush holatdan qattiq tashvishda, ular tez fursatda sog‘ayib ketishini tilaydi. Davlat rahbari bu boradagi vaziyat to‘g‘risida axborotni muntazam olib bormoqda. Viloyat hokimi va mas’ullarga masalani alohida nazoratga olish, sabablarini aniqlash va tegishli takliflar kiritish bo‘yicha topshiriqlar berilgan”, deyiladi Asadovning bayonotida.

Ma’lumot uchun, kecha, 21 sentyabr kuni Chust tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ayrim tarbiyalanuvchilari orasida tana haroratining ko‘tarilishi, qusish, qorin og‘rig‘i alomatlari kuzatilgan. 71 nafar bolaning sog‘lig‘idan shikoyatlar qayd etilgan va ular tezkorlik bilan shifoxonaga yotqizilgan. Ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar tufayli bolalarning 9 nafari sog‘lomlashtirilib, uyiga qaytarilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing