Prezident “mudrab yotgan hokimlar” va magistral yo'llarning yomonligini tanqid qildi

O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarning turizm salohiyatini yanada oshirish hamda xorijiy hamkorlar bilan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini jadallashtirish yuzasidan videoselektor bo'lib o'tdi.

Prezident “mudrab yotgan hokimlar” va magistral yo'llarning yomonligini tanqid qildi
Davlat rahbari dunyo iqtisodiyotida hozir favqulodda vaziyat kuzatilayotganini, uch-toʻrt kun ichida xalqaro moliya bozorlarida 10 trillion dollar mablagʻ yoʻqotilganini koʻrsatib oʻtdi.

“Bu tebranishlar bizga taʼsir qilmaydi, deb oʻylaganlar adashadi. Axir, bu mablagʻlarni bir qismi bizga investitsiya, kredit, yevrobond orqali kirib kelishi mumkin edi-ku!”, dedi Prezident.

Iqtisodiy kompleks masʼullariga har hafta tarmoqma-tarmoq muammolarni tahlil qilish va yangi takliflar kiritish, tuman va viloyat hokimlariga oʻz hududida tadbirkorlar masalalariga yechim topib borish topshirildi.

Yigʻilishda koʻpchilik hokimlar turizm qanday katta yoʻnalish ekanini tushunib yetmayotgani koʻrsatib oʻtildi.

Mavsum boshlanganiga bir oydan oshgani bilan kapsulali uylardan iborat maskan faqat Kitobda ochilgani qayd etilib, qolgan 35 ta tuman va shahar hokimi “mudrab” oʻtirgani tanqid qilindi.

Kapsulali uylarni qurish va jihozlashga Turizm jamgʻarmasidan 10 million soʻmgacha subsidiya ajratilishi belgilandi.

Xorazm, Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryo orqali o‘tuvchi asosiy yo‘llarning holatidan chet ellik sayyohlar noroziligi bildirilgani alohida tilga olindi. Shu sabab, “turizm halqasi”ga kiruvchi magistral va ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha aniq hisob-kitoblar qilish va ishlarni boshlash vazifasi topshirildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing