Prezident Saida Mirziyoyevaga Namangandagi bolalar holidan xabar olishni topshirdi
O'zbekiston
Saida Mirziyoyeva shaxsan Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i bilan Namanganda zaharlanib, shifoxonaga yotqizilgan bolalarni ko‘rgani bordi.
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva, Prezident Administratsiyasi Axborot siyosati departamenti rahbari Komil Allamjonov, Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari Obid Abdurahmonov shaxsan Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirigʻi bilan Namanganga borib, shifoxonalarga joylashtirilgan bolalar va ularning ota-onalari holidan xabar oldi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida maʼlum qildi.
“Vaziyatni ko‘zimiz bilan ko‘rish uchun shifoxonaga bordik, bolajonlar holidan xabar oldik. Ularning kayfiyati yaxshi, hammalari asta-sekin tuzalishmoqda, ko‘pchiligi sog‘aygani uchun uyiga – oilasi bag‘riga qaytarilgan. Biz bolalarning ota-onalari bilan ham suhbatlashdik, ularning tashvishiga sherik ekanimizni bildirdik. Shundan so‘ng bog‘cha tarbiyalanuvchilari bilan sodir bo‘lgan holat yuzasidan sog‘liqni saqlash, SES, ta’lim, prokuratura va boshqa tegishli soha mutasaddilari bilan yig‘ilish o‘tkazib, vaziyatni va tekshiruvning borishini muhokama qildik”, deya yozdi u Telegram-kanalida.
Qayd etilishicha, hozirda o‘rganish ishlari davom etmoqda, jarayon nazoratga olingan va natijasi haqida qo‘shimcha ravishda xabar qilinadi.

Powered by Froala Editor