Prezident Samarqanddagi Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qildi

O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrifi davomida avvalo buyuk muhaddis Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi, Qur’on suralari va duolar o‘qildi.

Prezident Samarqanddagi Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qildi
Bugun maqbara hududi ulkan me’moriy majmuaga aylanmoqda. 44 gektar maydonda maqbara, 10 ming kishilik masjid, ma’muriy bino va 75 metr balandlikdagi to‘rtta minor qad rostladi.

Ayvon devorlari va portallarida “Sahih al-Buxoriy” hadislaridan kaligrafik yozuvlar ishlanmoqda. Shuningdek, innovatsion muzey barpo etilmoqda. Unda Imom Buxoriy hayoti, ilmiy merosi, islom ilmi va ma’rifatiga qo‘shgan hissasi keng yoritiladi. Ekspozitsiyalar Qur’onda zikr etilgan 25 payg‘ambar tarixi, Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) nasl-nasabiga oid ma’lumotlarni ham o‘z ichiga oladi.

Ziyoratchilar uchun mehmonxona va boshqa xizmat ko‘rsatish inshootlari ham qurilmoqda.

Davlat rahbari ushbu majmua nafaqat ma’naviy timsol, balki ilm, ma’rifat va yoshlar tarbiyasi markaziga aylanishi zarurligini ta’kidlab, qurilish ishlarini sifatli yakunlash, mehmonlarga qulayliklar yaratish va hududda ko‘proq yashil maydonlar barpo etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing