Prezident Sankt-Peterburg gubernatorini qabul qildi
O'zbekiston
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-sentabr kuni Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni kengaytirish hamda «yo‘l xaritasi»ni amaliy amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
O‘zaro savdo hajmi oshgani ta’kidlandi: o‘tgan yil yakunlariga ko‘ra hududlar darajasida eksport-import operatsiyalari 20 foizga ko‘paydi. Toshkentda Biznes markazi tashkil etish va Yangi Toshkent hududida «Peterburg kvartali» loyihasini amalga oshirish ishlari olib borilmoqda.
Vizit davomida metallurgiya, mashinasozlik, yo‘l qurilishi, farmatsevtika, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, logistika va oziq-ovqat sohalarida 23 ta loyihani o‘z ichiga olgan «yo‘l xaritasi» tasdiqlandi.
Shuningdek, xususiy tibbiyot, ta’lim, raqamli texnologiyalar, kommunal xo‘jalik, migratsiya va turizm yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish qo‘llab-quvvatlandi.
Madaniy almashinuvni kuchaytirish va qo‘shma tadbirlarni muntazam tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Oktabr oyida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston va Rossiya hududlari Kengashi yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish alohida qayd etildi.

Powered by Froala Editor