Prezident Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatida 15 ta yangi loyihaga start berdi

O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatida 15 ta loyihani ishga tushirish va qurishni boshlash marosimida ishtirok etdi, deya xabar beradi davlat rahbari matbuot xizmati.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatida 15 ta yangi loyihaga start berdi
Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, 15 ta loyihaning umumiy qiymati 3,6 milliard dollarni tashkil etadi. Ushbu loyiha tufayli 7 mingdan ortiq ish o'rni yaratiladi. Shuningdek, Konimex tumanida yonuvchi slanetslarni qazib olish va qayta ishlash, Karmana tumanida 300 MVt quvvatga ega quyosh fotovoltaik stansiyasi va 75 MVt quvvatga ega elektr energiyasini saqlash tizimini qurish, Navoiy shahrida texnik gaz ishlab chiqarish, Zarafshon Gazganida marmar va granitni qayta ishlash, Uchquduq tumanida kaolin qazib olish va boyitish, Xatirchi tumanida baliq uchun ozuqa ishlab chiqarish yo’lga qo’yiladi.

Ma'lum bo'lishicha, Karmana tumanida kaliy sulfat va sulfat kislota, Navoiyda paxta tsellyuloza, Nurota tumanida granitni qayta ishlash korxonalari ishga tushirilgan. Prezident Shavkat Mirziyoyev ramziy tugmani bosdi va yangi loyihalar qurilishi va faoliyatiga start berdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing