Prezident Toshkent shahrini aylanib chiqdi va infratuzilma loyihalari bilan tanishdi
O'zbekiston
Payshanba kuni Shavkat Mirziyoyev poytaxtdagi bir qator infratuzilma loyihalarini borib ko‘rdi. Qayd etilishicha, Elbek bog‘i Abdulla Qodiriy ko‘chasi va Kichik halqa yo‘li oralig‘ida qurish rejalashtirilgan. Davlat rahbari “Toshkent-Sharqiy” terminalining tashqi ko‘rinishi qayta ko‘rib chiqilishiga ham to‘xtaldi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 20 iyul kuni poytaxtni aylanib, shaharda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi, deb xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.
Prezident “Paxtakor” metro bekati yaqinida piyodalar va avtomobillar harakatlanishi uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Kelgusida avtotransport harakati yanada ortishi inobatga olinib, Botir Zokirov va Navoiy ko‘chalari chorrahasida yo‘l o‘tkazgich qurish zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, Prezident Navoiy, Oybek, Nukus ko‘chalarida bo‘lib, ko‘cha infratuzilmasi holati bilan tanishdi, odamlar bilan suhbatlashdi.
So‘ng davlatimiz rahbari yana bir inshoot — Toshkent xalqaro aeroporti yaqinidagi yo‘l o‘tkazgich qurilishini ko‘zdan kechirdi. Avtomobillar qatnoviga qulaylikni oshirish maqsadida u kengaytirilib, qo‘shimcha estakada qurilmoqda. Uning uzunligi 650, eni 30 metr bo‘ladi. Aylanma shaklidagi chiqish-tushish yo‘llari qayrilib olish xavfini yo‘qotib, harakatni osonlashtiradi.
Prezidentga ko‘ra, Elbek bog‘i Abdulla Qodiriy ko‘chasi va Kichik halqa yo‘li oralig‘ida barpo etiladi. Mazkur istirohat bog‘ini asrab-avaylash, aholining hordiq chiqarishi uchun sharoitlarni kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Shavkat Mirziyoyev “Toshkent-Sharqiy” aeroporti qurilishini ham borib ko‘rdi. Aeroportning umumiy maydoni 693 gektarni tashkil qiladi. Loyihaga ko‘ra, u 4 kilometrlik uchish-qo‘nish yo‘lagi, zamonaviy terminallar, angarlar va perronlarga ega bo‘ladi.
Bu yerda uchish-qo‘nish yo‘lagi va VIP terminal binosi qurilishi rejalashtirilgan. Prezident mazkur inshootlarni ko‘zdan kechirdi, qurilishning keyingi bosqichlarini moliyalashtirish, terminalning tashqi ko‘rinishi qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Powered by Froala Editor