Prezident “uddaburon”larni tanqid qildi: to‘qimachilikda standartlar va rejalash yetishmayapti

O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilishda ayrim tadbirkorlarning tolani qayta ishlash quvvati yetarli bo‘lmasa-da, davlatning arzon resurslari hisobiga paxta spekulyatsiyasi bilan shug‘ullanayotganini keskin tanqid qildi.

Prezident “uddaburon”larni tanqid qildi: to‘qimachilikda standartlar va rejalash yetishmayapti
Soha korxonalarining tijorat kreditlari bo‘yicha umumiy qarzi $2,2 milliardni tashkil etadi, ularning 90–95 foizi xorijiy valyutada. Atigi 16 foiz korxonalar xalqaro sifat sertifikatiga ega. “Bunday sharoitda korxonalar tashqi bozorda qanday raqobat qiladi, kreditini qanday qaytaradi?” — dedi davlat rahbari.

Har bir viloyatda 10–15 ta tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi bor, biroq ularning brendlar bilan hamkorligi va zamonaviy standartlarga o‘tishi sust ketmoqda. Andijon, Namangan, Farg‘ona, Navoiy va Toshkent viloyatlarida qayta ishlash quvvatlari mahalliy xomashyo hajmidan 2–2,5 baravar ko‘p bo‘lsa-da, investitsiya dasturlariga ip-kalava loyihalari kiritilishi tanqid qilindi.

Prezident, shuningdek, xorijdagi diplomatik vakolatxonalarimizning to‘qimachilik mahsulotlari eksportiga faolroq ko‘maklashishi zarurligini ta’kidladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing