Prezident va yoshlar: yangi imkoniyatlar sari
O'zbekiston
Ko‘ksaroy qarorgohida Shavkat Mirziyoyev mamlakat yoshlari bilan keng qamrovli muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvda Qoraqalpog‘iston, viloyatlar hamda Toshkent shahridagi studiyalardan 60 mingdan ortiq yigit-qizlar ishtirok etdi.
Davlat rahbari mamlakatimizdagi 22 milliondan ortiq yoshlar timsolida O‘zbekiston ulkan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy kuchni ko‘rayotganini ta’kidladi.
Prezident har bir vazir, hokim, universitet rektori, maktab va texnikum direktori yoshlarni til va kasb-hunarga o‘rgatish, ularni sportga jalb etish, startap g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash va bandligini ta’minlash uchun shaxsiy mas’uliyatni his qilishi kerakligini qayd etdi. Hech bir yosh e’tibordan chetda qolmasligi lozimligi alohida ta’kidlandi.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston yoshlari sezilarli natijalarga erishdi. Jahon fan olimpiadalarida 66 ta oltin, 147 ta kumush va 221 ta bronza medali qo‘lga kiritildi. 500 dan ortiq talaba dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida, jumladan Harvard University, Yale University, Princeton University, Columbia University va Cornell Universityda tahsil olmoqda, 3500 dan ortig‘i esa TOP-100 universitetlarda o‘qimoqda.
Yosh innovatorlar tomonidan yaratilgan 63 ta startap AQSh, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya va BAA bozorlariga chiqdi. Bugungi kunda yosh tadbirkorlar mamlakat biznes vakillarining 35 foizini tashkil etadi.
Sport sohasida xalqaro musobaqalarda 720 ta oltin, 671 ta kumush va 854 ta bronza medali qo‘lga kiritildi. O‘zbekiston Yoshlar rivoji global indeksida eng tez rivojlanayotgan mamlakat sifatida e’tirof etildi.
Joriy yilda Jahon yoshlar tinchlik harakati shtab-kvartirasi Toshkentda joylashadi, Samarqand esa Yoshlar parlamenti a’zolarining 12-jahon konferensiyasi, “Take Off” xalqaro startap sammiti va 46-jahon shaxmat olimpiadasiga mezbonlik qiladi.
Global tahdidlar kuchayib borayotgan sharoitda barcha darajadagi rahbarlar yoshlar bilan ishlashning yangi tizimiga o‘tishi zarurligi qayd etildi. Mamlakatimizda har payshanba kuni “Yoshlar kuni” deb e’lon qilingan. Shu kuni vazirliklar va hokimliklar vakillari mahallalar, maktablar va texnikumlarda yoshlar bilan uchrashib, ularning muammolarini hal etadi va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaydi.
Yoshlar uchun savdo va servis loyihalari amalga oshirilmoqda, grantlar va maxsus jamg‘armalar ajratilmoqda, bog‘dorchilik, qishloq xo‘jaligi, sanoat, startaplar, ijod va ma’naviyat yo‘nalishlarida tanlov va yarmarkalar o‘tkazilmoqda.

Powered by Froala Editor