Prezidentga sun’iy intellekt asosida biometrik identifikatsiya qilish bo‘yicha axborot berildi
O'zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev 20-dekabr kuni Raqamli texnologiyalar vazirligiga tashrif buyurdi. Davlat rahbariga Raqamli boshqaruv markazida kosmik geoaxborot tizimi orqali suv omborlari hamda yer qa’ridan foydalanish holatlarini monitoring qilish dasturi haqida ma’lumot berildi.
Prezident vazirlikning “O‘zinfokom – Yagona integrator” ofisida yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi, mutaxassislar bilan suhbatlashdi.
Sizlar hozirgi islohotlarda bizning eng ishongan kuchimiz. Kelajakda sizdek mutaxassislarga ehtiyoj yanada oshadi. Har bir soha va hudud raqamli texnologiyalar bilan hamohang rivojlanmasa, mamlakat rivojlanmaydi, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shu yerda sun’iy intellekt asosida biometrik identifikatsiya qilish, sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirish, elektr ta’minoti billingi bo‘yicha axborot berildi.
Prezidentga Samarqand viloyati Nurobod tumanida tashkil etilgan “IT Village” haqida so‘zlab berildi. Bu majmua 1-9-sinf o‘quvchilarini axborot texnologiyalari bilan tanishtirish va bunga qiziqtirish, ularga ilk ko‘nikmalarni o‘rgatishga qaratilgan.
Davlat rahbari bunday majmualarni barcha hududlarda barpo etish bo‘yicha topshiriq berdi.

Powered by Froala Editor