Prezidentimiz Mustaqillik monumenti poyiga gul qoʻydi

O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yangi Oʻzbekiston” bogʻida boʻlib, Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qoʻydi.

Prezidentimiz Mustaqillik monumenti poyiga gul qoʻydi
Ushbu mahobatli majmuada xalqimizning koʻp asrlik tarixi, buyuk allomalarimiz va jahongir ajdodlarimizning siymolari, yurtimiz taraqqiyotidagi muhim voqealar oʻz ifodasini topgan. Monument choʻqqisidagi Humo qushi ozodlik va ezgulik gʻoyalarini, xalqimizning olijanob orzu-intilishlarini ifoda etadi.

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan marosimda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi hamda Toshkent shahar jamoatchiligi vakillari ishtirok etdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing