Putin amerikalik jurnalistga intervyu berdi

Dunyo

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putin amerikalik teleboshlovchi Taker Karlsonga intervyu berganini tasdiqladi. Bir kun oldin Karlson Rossiya prezidenti bilan gaplashmoqchi ekanligini va shuning uchun ham Moskvaga kelganini e’lon qilgan edi.

Putin amerikalik jurnalistga intervyu berdi
Jurnalistlar iltimosiga binoan Kreml vakili Putin nima uchun Karlsonga intervyu berishga qaror qilganini tushuntirdi.

“Uning pozitsiyasi boshqa [G‘arb OAVlaridan] farq qiladi. U hech qanday tarzda rossiyaparast emas, ukrainaparast emas, aksincha amerikaparast, lekin hech bo'lmaganda an'anaviy anglo-sakson ommaviy axborot vositalarining pozitsiyasidan farq qiladi”, dedi Peskov.

The Wall Street Journal nashriga ko'ra, u 8 fevralda chiqarilishi mumkin. Teleboshlovchining o‘zi intervyu X ijtimoiy tarmog‘idagi akkaunti va TuckerCarlson.com saytida chop etilishini aytdi.

Taker Karlson - Amerikaning eng mashhur teleboshlovchilaridan biri. U “Fox News” kanalida o'zining siyosiy tok-shousini olib bordi.

Karlson munozarali, kamsituvchi yoki fitnaviy bayonotlar bilan mashhur. Bundan tashqari, u AQShning Ukrainaga yordamini qattiq tanqid qildi va rossiyaparast pozitsiyalardan gapirdi.

Karlsonning Putin bilan suhbati 9-fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 04:00 da chop etiladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing