Putin oktyabrda Xitoyga boradi
Dunyo
2000-yildan beri Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Xitoyga 17 marta tashrif buyurgan. Bu safargi tashrif “Bir makon, bir yo‘l” forumi bo‘lib o‘tadigan vaqtda amalga oshirilishi kutilmoqda.
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin joriy yilning oktyabr oyida Xitoyga tashrif buyuradi. Bu haqda Rossiya rahbarining xalqaro masalalar bo‘yicha yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi, deb yozgan TASS.
Qayd etilishicha, Putin bu bo‘yicha Xitoy tomonidan taklif olgan. Uning tashrifi “Bir makon, bir yo‘l” forumi bo‘lib o‘tadigan vaqtda amalga oshirilishi kutilmoqda.
“Biz taklifnoma olganimiz va “Bir makon, bir yo‘l” forumi o‘tkazilganda Xitoyga borish niyatimiz borligi ma’lum”, deydi Ushakov jurnalistlarga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, 2000-yildan beri Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Xitoyga 17 marta tashrif buyurdi (oxirgi marta 2022-yil 4-fevralda Pekindagi Qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimiga borgan).
Si Szinpin esa 2013-yilda Xitoy Xalq Respublikasi Raisi etib saylanganidan beri Rossiyaga sakkiz marta tashrif buyurgan. Oʻzaro tashriflar va xalqaro forumlar doirasidagi muzokaralar hisobga olinsa, Vladimir Putin va Si Szinpin kamida 30 marta uchrashgan.

Powered by Froala Editor