Putin O‘zbekistonga Ukraina bo‘yicha betaraflik va muvozanat uchun minnatdorchilik bildirdi
Dunyo
Rossiya O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevdan Ukraina inqirozi bo‘yicha davlat siyosatining neytral va muvozanatliligi uchun minnatdor. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin TASS agentligi tomonidan jahon axborot agentliklari rahbarlari bilan tashkillashtirilgan uchrashuvda aytib o‘tdi.
“Biz O‘zbekistonning bu boradagi (Ukraina masalasidagi – tahr.) siyosati betaraf va juda muvozanatli ekanligi uchun Prezidentdan [Sh.Mirziyoyevdan] minnatdormiz”, — dedi u.
Putin Ukraina muammolari O'zbekistonga tashrifi chog'ida ham muhokama qilinganini ta'kidladi. "Prezident Mirziyoyev, albatta, Ukraina inqirozini tinch yo‘l bilan hal etish tarafdori bo‘lib, O‘zbekistonning Ukrainada bo‘layotgan voqealardan xavotirini bir necha bor bildirdi", — deya ta'kidladi Rossiya rahbari.
Eslatib o’tamiz, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin 26-may kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi. 27-may kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston va Rossiya hududlari kengashining birinchi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Powered by Froala Editor