Putin Trampning elchisini Kremlda qabul qildi

Dunyo

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin AQSh Prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff bilan uchrashdi. Muzokaralar AQShning Rossiyaga nisbatan yangi bojlar joriy etish qaroriga bevosita ta’sir qilishi mumkin.

Putin Trampning elchisini Kremlda qabul qildi
6-avgust kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin AQSh Prezidenti Donald Trampning maxsus elchisi Stiv Uitkoffni Kremlda qabul qildi. Bu — Uitkoffning 2025-yildagi beshinchi Rossiyaga tashrifi bo‘lib, AQSh tomonidan kuchayib borayotgan bosim sharoitida amalga oshmoqda.

Tramp avvalroq Rossiyaga 8-avgustgacha Ukraina mojarosini hal qilishda sezilarli siljish bo‘lishi kerakligini bildirgan. Aks holda, u Rossiyaga nisbatan yangi bojlar joriy etilishi mumkinligini ma’lum qilgan. Tramp yakuniy qarorni 6-avgustdagi maslahatlashuvlardan keyin e’lon qilishi kutilmoqda.

Tramp shu kuni oqshom Oq uydan murojaat bilan chiqishi kutilmoqda. Uning nutqi mazmuni hozircha oshkor qilinmagan, biroq u Rossiya bilan aloqalarga bog‘liq bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.

Kreml bu bayonotlarga ehtiyotkorlik bilan yondashgan. Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiyaning sanksiyalarga moslashib bo‘lganini va bu borada «ma’lum immunitet» hosil qilganini ta’kidlagan.

Stiv Uitkoff 6-avgust kuni ertalab Moskvaga keldi. Uni Rossiya To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi rahbari Kirill Dmitriev kutib oldi. Ular «Zaryadye» bog‘ida sayr qilishdi, restoran va shahar manzarasini ko‘zdan kechirishdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing