Putin Yangi yil tabrigida hammasi yaxshi bo‘lishini aytdi

Dunyo

"Bizning mustaqil, erkin va kuchli mamlakatimiz eng murakkab sinovlarga javob bera oldi. Hozir, yangi yil ostonasida, biz kelajak haqida o‘ylaymiz. Ishonamizki, hammasi yaxshi bo‘ladi. Faqat oldinga intilamiz," dedi Rossiya Prezidenti Vladimir Putin yangi yil tabrigi nutqida.

Putin Yangi yil tabrigida hammasi yaxshi bo‘lishini aytdi
"Biz aniq bilamizki, biz uchun mutlaq qadriyat bu – Rossiyaning taqdiri, uning fuqarolarining farovonligi bo‘lgan, bor va bo‘ladi. Vatanga bo‘lgan samimiy tuyg‘ular hayotimizga yuksak ma’no baxsh etadi. Suverenitet, xavfsizlik, manfaatlar va erkin rivojlanishni himoya qilish yo‘lida o‘z hissamizni qo‘shish biz uchun sharaf ishiga aylangan," dedi u.

Shuningdek Putin Rossiya-Ukraina urushi ishtirokchilarini tilga olib, rossiyalik harbiylarning "jasorati va mardligi" bilan faxrlanishlarini ta’kidladi. "Ushbu yangi yil kechasida Rossiyaning millionlab insonlarining o‘y-fikrlari va umidlari bizning askar va qo‘mondonlarimiz bilan birga," dedi RF prezidenti.

Yangi yil nutqida prezident, Rossiyaning Ikkinchi Jahon urushi faxriylarining vasiyatlariga va an’analariga sodiq qolishini ta’kidladi.

"Har bir xonadonimizga, oilamizga va sevimli Vatanimiz – Rossiyaga farovonlik va ravnaq tilayman. Biz birga bo‘lsak, hamma narsa amalga oshadi," deb qo‘shimcha qildi Putin.

Ma'lumot o‘rnida, Rossiya Ukrainaga qarshi to‘laqonli bosqinni uchinchi yil-ki davom ettirmoqda. Yangi yil arafasida Rossiya qo‘shinlari Ukraina hududiga keng qamrovli zarba bergan. Kiyev, Kiyev viloyati va Sumy viloyatida zararlangan joylar qayd etildi. RF Mudofaa vazirligi harbiy aerodrom va harbiy sanoat korxonasi infratuzilmasiga zarba berganini ma’lum qildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing