Qandli diabetni ko‘z fotosuratlari orqali aniqlash yo‘li topildi
Dunyo
Qandli diabetning qator xavfli asoratlari bor. Masalan, uzoq muddat qonda glyukoza darajasi yuqori bo‘lishi bora-bora ko‘rish qobiliyati pasayishi va hatto butunlay yo‘qolishiga olib kelishi mumkin. Bu patologiya tibbiyotda diabetik retinopatiya deb nomlanadi. Ammo...
Ammo kech bosqichda namoyon bo‘ladigan mazkur asoratlar aslida ancha avval, yashirin alomatlar bilan boshlanadi. Shu bois qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarga tez-tez oftalmolog ko‘rigidan o‘tib turish tavsiya etiladi.
Rossiyalik olimlar bu jarayonni yanada osonlashtirish chorasini topdi. Ular yaratgan neyrotarmoq ko‘z fotosuratlari orqali diabet oqibatida yuzaga keladigan to‘r parda patologiyasini aniqlash imkonini beradi.
Innovatsion ishlanma matematik model asosida ishlaydi. Ya’ni maxsus dastur sun’iy intellekt yordamida diabetik retinopatiyaga erta bosqichda, 88,7 foiz aniqlikda tashxis qo‘yadi. Buning uchun neyrotarmoqqa bemor ko‘zlari suratlari joylashtirilishi kifoya.
Olimlar yaratgan yangi model fotosuratlarni o‘ta yuqori tezlikda tahlil qilib, to‘r pardagi qon ketishi, lipidlar to‘planishi, tomirlar o‘sishi va ular devorlarining ingichkalashi kabi belgilarga ko‘ra, xastalikni aniqlab beradi.

Powered by Froala Editor