Qashqadaryo zavodi jahon bozoriga chiqmoqda
O'zbekiston
19-iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qarshi shahridagi «Alp Texno Servis» korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Ushbu korxona global yetkazib berish zanjirlariga faol qo‘shilmoqda.
O‘zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar sezilarli natijalar bermoqda. Joriy yilning dastlabki besh oyida sanoat ishlab chiqarishi 6,4 foizga o‘sdi, eksport hajmi esa 6 milliard dollardan oshdi. Bu ko‘rsatkichlarga Qashqadaryo viloyatidagi korxonalar, jumladan, 10 million dollarlik «Alp Texno Servis» loyihasi ham katta hissa qo‘shmoqda.
Korxonada xalqaro «TCL» va «Hofmann» brendlari uchun mahsulotlar ishlab chiqariladi hamda «Smart» brendi ostida o‘z mahsulot liniyasi rivojlantirilmoqda. Har yili 500 ming dona televizor va elektron plata ishlab chiqariladi. Mahsulotlarning 70 foizi eksport qilinadi. 2024-yilda eksport hajmi 2 million dollardan oshdi, joriy yil uchun esa 10 million dollar maqsad qilib qo‘yilgan.
«Biz tajriba orttirdik, tashqi bozorlarga chiqdik. Endi bu korxonani kengaytirish kerak. Bunday mahsulotlarga talab doimo bo‘ladi. Lekin raqobatbardoshlikni saqlash uchun sifat va assortimentni oshirish zarur», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mahalliylashtirish ustuvor yo‘nalish bo‘lib qolmoqda. Hozirda mahalliylashtirish darajasi 50 foizdan ortiq. Yaqin kelajakda 20 million dollarlik yana to‘rt loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ular doirasida changyutgich, elektr choynak, konditsioner va ventilyator ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Bu esa eksport hajmini yiliga 30 million dollargacha oshirish imkonini beradi.
Korxonada 200 nafar ishchi faoliyat yuritmoqda. Qarshi davlat texnika universiteti bilan hamkorlikda dual ta’lim tizimi joriy etilgan.

Powered by Froala Editor