Qatar Isroil va HAMAS o‘rtasida kelishuv tuzilganini rasman e’lon qildi
Dunyo
Isroil va HAMAS o‘rtasidagi kelishuvga vositachilik qilgan Qatar rasmiylari, HAMAS garovga olgan isroilliklardan kamida 50 nafarini ozod qilishlari, gumanitar yordam yetkazilishi uchun Gʻazoda to‘rt kunlik sulh e’lon qilinishi va Isroil bilan kelishuvga erishilganini rasman e’lon qildi.
"Kelishuv Isroil qamoqxonalarida saqlanayotgan bir qancha falastinlik ayollar va bolalarni ozod qilish evaziga hozirda Gʻazo sektorida saqlanayotgan 50 nafar ayol fuqarolar va bolalarni ozod qilishni nazarda tutadi; relizlar soni kelishuvning keyingi bosqichlarida oshiriladi", deyiladi Qatar TIV bayonotida.
Muzokaralarda Misr va AQSH vakillari bilan birga Qatar rasmiylari ham ishtirok etdi. Vashington avvalroq kelishuv Qatar hukumati tomonidan e’lon qilinganidan keyin taxminan 24 soat o‘tib kuchga kirishini ma’lum qilgan edi.

Powered by Froala Editor