Qaysi oyda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi hajmi eng yuqori bo‘lgan?

Iqtisodiyot

Joriy yilning mart va may oylarida O’zbekistonning tashqi savdo aylanmasi eng yuqori bo’lgan. Bu O‘zR Statistika agentligining hisobotida keltirilgan.

Qaysi oyda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi hajmi eng yuqori bo‘lgan?
2024-yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston Respublikasining umumiy tashqi savdo aylanmasi 26,7 mlrd AQSh dollariga yetgan.

2024-yilda oylar kesimida qayd etilgan tashqi savdo aylanmasi hajmi:

― yanvarda – 4,2 mlrd

― fevralda – 5,7 mlrd

― martda – 5,9 mlrd

― aprelda – 5,0 mlrd

― mayda – 5,9 mlrd

2023-yilda mamlakatimiz tashqi savdo aylanmasi 62,6 milliard AQSH dollarini tashkil etib, 2022-yilning shu davriga nisbatan 12,1 milliard AQSh dollariga yoki 23,9 foizga o‘sdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing