Qayumov Asadulla O‘rolovich "O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi" AJ boshqaruvi raisi etib tayinlandi
O'zbekiston
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Asadulla O‘rolovich Qayumov yangi ishga o‘tishi munosabati bilan tuzilmadagi faoliyatini yakunladi.
A.Qayumov o‘zining professional faoliyatini 2007 yilda aynan shu qo‘mitada yetakchi mutaxassis sifatida boshlagan. Keyingi yillarda boshqarma boshlig‘i, 2022-2025 yillarda Qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
Hamkasblari uni mas’uliyatli, talabchan va murakkab masalalarni tezda hal qila oladigan malakali rahbar sifatida e’tirof etishadi. Raqobat va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasini rivojlantirishga, "Raqobat to‘g‘risida"gi, "Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi, "Reklama to‘g‘risida"gi qonunlarni takomillashtirishga salmoqli hissa qo‘shdi.
Endilikda Asadulla Qayumov "O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi" AJ boshqaruvi raisi sifatida o‘z faoliyatini davom ettiradi.

Powered by Froala Editor