Qirg‘iziston va O‘zbekiston mahkumlarni almashadi

O'zbekiston

Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘z mamlakatlarida jazoni o‘tayotgan sudlangan fuqarolarni bir-birlariga topshirish to‘g‘risida kelishuvga erishdi. Ushbu kelishuv mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va mahkumlarning o‘z vatanida jazoni o‘tash imkoniyatini yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Qirg‘iziston va O‘zbekiston mahkumlarni almashadi
Qirg‘iziston parlamenti - Jogorku Kenesh tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilingan qonun loyihasiga ko‘ra, O‘zbekistonda hozirda Qirg‘izistonning 42 nafar fuqarosi, Qirg‘izistonda esa 97 nafar O‘zbekiston fuqarosi jazoni o‘tamoqda. Ushbu mahkumlar maxsus tartib asosida o‘z vatanlariga qaytariladi va jazolarini shu yerda davom ettiradi.

Qirg‘iziston Bosh prokurori o‘rinbosari Umutkan Qo‘nkuboyeva ushbu masala bo‘yicha ma’lumot berib, mahkumlarni almashish tizimi adolat tamoyillariga mos kelishini ta’kidladi. Unga ko‘ra, bu jarayon sudlangan shaxslarning huquqlarini himoya qilish va ijtimoiy reabilitatsiyasini osonlashtirishga xizmat qiladi.

Qayd etish joizki, mazkur kelishuv 2024-yil 18-iyul kuni Toshkent shahrida rasmiy ravishda imzolangan bo‘lib, ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Mahkumlarni almashish bo‘yicha amaliy ishlar yaqin kunlarda boshlanadi va jarayon tegishli idoralar tomonidan nazorat qilinadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing