Qirg‘izistonda O'zbekiston kompaniyalarining yangi shou-rumi ochildi

O'zbekiston

Qirg'izistonning O'sh shahrida O'zbekistonning Texnopark MCHJ, AKFA BUILD va Imzo Premium kompaniyalarining yangi shou-rumi ochildi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligining “Dunyo” axborot agentligi.

Qirg‘izistonda O'zbekiston kompaniyalarining yangi shou-rumi ochildi
Tantanali ochilish marosimida ushbu kompaniyalar rahbariyati, qirg'izistonlik hamkorlar, ommaviy axborot vositalari va O'sh shahri jamoatchiligi vakillari ishtirok etdi.

Salkam 400 m.kv. maydonni egallagan shou-rumda ushbu o'zbek kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar namoyishi va sotuvi yo'lga qo'yilgan. Xaridorlarga 10 nafar sotuvchi-mutaxassislar xizmat ko'rsatmoqda.

Akfa MCHJ 2008-yildan beri Qirg'iziston bozoriga o'z mahsulotlarini eksport qilib keladi. O'sh shahrida alyuminiy va plastik eshik-romlar, yarim avtomat kir yuvish mashinalarini yig'ish yo'lga qo'yilgan. Qirg'izistonning 14 shahrida mazkur kompaniyaning shou-rumlari mavjud.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing