“Qirollarga yo‘q”: AQShda millionlab odamlar norozilikka chiqdi
Dunyo
AQShda “Qirollarga yo‘q” shiori ostida uchinchi yirik norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Tashkilotchilarga ko‘ra, sakkiz milliondan ortiq odam Donald Tramp ma’muriyati siyosatiga qarshi chiqdi.
28 mart kuni AQSh bo‘ylab prezident Donald Tramp siyosatiga qarshi ommaviy norozilik aksiyalari o‘tkazildi. Bu “Qirollarga yo‘q” shiori ostidagi uchinchi yirik namoyish bo‘lib, avvalgilari 2025 yil iyun va oktyabr oylarida o‘tkazilgan edi.
Tashkilotchilar ma’lumotiga ko‘ra, noroziliklarda sakkiz milliondan ortiq kishi qatnashgan. Namoyishchilarning asosiy talablari qatorida immigratsiya siyosatining keskinlashuvi, Eron bilan bog‘liq harbiy harakatlar, yashash narxlarining oshishi va hukumat siyosatining “avtoritar” yo‘nalishi tanqid qilindi.
Namoyishlar Nyu-York, Los-Anjeles, Atlanta va Minneapolis kabi yirik shaharlarda, shuningdek, shahar atrofi va qishloq hududlarida ham bo‘lib o‘tdi. Aksiyalar AQShdan tashqarida — Italiya, Fransiya, Germaniya va Ispaniyada ham tashkil etildi.
Minnesota shtatidagi namoyishlar alohida e’tibor markazida bo‘ldi. Bu yerda ilgari immigratsiya xizmati operatsiyasi vaqtida ikki AQSh fuqarosining halok bo‘lishi katta noroziliklarga sabab bo‘lgan edi.
Namoyishchilar plakatlar va ramziy tasvirlar bilan chiqib, rasmiylarning iste’fosini talab qildi. Ayrim shaharlarda noroziliklarga taniqli san’at arboblari va siyosatchilar ham qo‘shildi.
Tashkilotchilar va politsiya aksiyalar asosan tinch o‘tganini bildirdi. Shu bilan birga, Los-Anjelesda 75 kishi tarqalishdan bosh tortgani uchun qo‘lga olindi.
Oq uy esa namoyishlarni tanqid qildi. Ma’muriyat vakili ularni “siyosiy obsessiya” deb atadi, Donald Tramp esa hozircha izoh bermadi.

Powered by Froala Editor