Qishloq xoʻjaligi sohasida davlat boshqaruvi yanada takomillashtiriladi

O'zbekiston

“Qishloq xoʻjaligi sohasida davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentning qarori qabul qilindi.

Qishloq xoʻjaligi sohasida davlat boshqaruvi yanada takomillashtiriladi
Ushbu qarorga koʻra:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tuzilmalariga – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari – Qoraqalpogʻiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri, viloyat qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi lavozimi;

tuman (Quvasoy shahar) hokimliklari tuzilmalariga – hokimning qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari – tuman (Quvasoy shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi lavozimi kiritiladi.

Ular oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohalarini modernizatsiyalash, diversifikatsiya qilish va barqaror oʻsishini qoʻllab-quvvatlash uchun xususiy investitsiya kapitali oqimini koʻpaytirish orqali sohada davlat ishtirokini kamaytirish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish mexanizmlarini joriy qilishga alohida eʼtibor qaratadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing