Qodirov AQSh sanksiyalaridan xalos bo‘lish uchun ukrainalik asirlardan foydalanmoqda
Dunyo
Checheniston rahbari AQSH tomonidan o‘zi va oila a’zolariga qo‘llangan sanksiyalarni olib tashlashga harakat qilmoqda. Buning uchun u ukrainalik asirlarni ozod qilishni taklif qilyapti.
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov AQSh rasmiylariga ukrainalik mahbuslarni ozod qilish evaziga uning qarindoshlariga qo‘ygan sanksiyalarni bekor qilishni taklif qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Unga ko‘ra, Qodirov bunday almashish uchun taklif qilingan ukrainaliklar ro‘yxatini Grozniyga kelgan amerikalik sobiq razvedka xodimi Skott Ritterga topshirgan. Checheniston rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Donetsk, Luganskda olib ketilgan odamlarning ozod etilishiga javoban Ramzan Qodirov o‘zidan tashqari onasi, qizlari, “begunoh odamlar” va otlarga nisbatan sanksiyalarni olib tashlashni taklif qilmoqda.
Qodirovga qarshi sanksiyalar
2022-yil sentyabrda AQSh Moliya vazirligi Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi tufayli Ramzan Qodirov va uning yaqin oilasiga nisbatan sanksiyalar joriy etilganini eʼlon qildi. Checheniston rahbaridan tashqari, uning rafiqalari Medni, Fotima va Aminat, voyaga yetgan qizlari Oysat, Karina va Tabarik ham sanksiyalarga duchor bo‘lgan.
Ikki yil avval, 2020-yil iyul oyida AQSh Davlat departamenti Chechenistonda ko‘plab inson huquqlari buzilgani uchun Ramzan Qodirov, uning rafiqasi Medni Qodirova va qizlari Ayhat va Karina Qodirovalarga qarshi sanksiyalar joriy qilgan edi . Jazolar AQShga kirishni cheklashni o'z ichiga olgan.
2017-yilda ham Qodirov sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan. Sanksiyalar aktivlar va Qo'shma Shtatlarga kirish imkoniyati bilan bog'liq. AQSh Moliya vazirligining Qodirovga qarshi sanksiyalar bo‘yicha qarorida aytilishicha, Checheniston rahbari “qotillik, qiynoqlar va xalqaro miqyosda tan olingan inson huquqlarining boshqa keng ko‘lamli buzilishi uchun javobgardir”.

Powered by Froala Editor