Qor bo‘ronlari milliondan ortiq amerikalikni elektrsiz qoldirdi

Dunyo

AQShda yuz bergan keng ko‘lamli qor yog‘ishi oqibatida milliondan ortiq uy elektr ta’minotisiz qoldi. O‘nlab shtatlarda favqulodda holat e’lon qilindi.

Qor bo‘ronlari milliondan ortiq amerikalikni elektrsiz qoldirdi
AQSh hududida kuchli qor yog‘ishi elektr ta’minotida jiddiy uzilishlarga sabab bo‘ldi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, milliondan ortiq uy elektr energiyasiz qolgan.

Kamida 21 shtatda favqulodda holat rejimi joriy etildi. Qor bo‘ronlari kuchli shamol, muzlama va keskin sovuq bilan kechmoqda, bu esa avariya xizmatlari ishini murakkablashtirmoqda.

Nyu-York shahrida xavfsizlik nuqtayi nazaridan davlat maktablari vaqtincha yopildi. Aholiga zarur bo‘lmagan safarlardan voz kechish va rasmiy tavsiyalarga amal qilish tavsiya etildi.

Meteorologlar og‘ir ob-havo sharoiti yaqin kunlarda ham saqlanib qolishi mumkinligini bildirmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing