Qora dengizda Rossiyaning 4300 tonna neft ortilgan tankeri cho‘kib ketdi
Dunyo
Qora dengizda kuchli bo‘ron paytida 4300 tonnadan ortiq neft mahsulotlari olib ketayotgan Rossiya tankeri cho‘kdi, yana bir tanker esa qirg‘oqqa urilib ekologik falokat xavfini oshirdi.
Yakshanba kuni "Volgoneft-212" yuk kemasi katta to‘lqin ta’sirida ikkiga bo‘linib ketdi. Ushbu kema Qrimning sharqiy qirg‘og‘i, Qerch bo‘g‘ozidan 8 kilometr uzoqlikda halokatga uchragani haqida Rossiya ommaviy axborot vositalari xabar berdi.
Rossiya tergovchilari xavfsizlik qoidalari buzilgan bo‘lishi mumkinligini aniqlash uchun ikki jinoyat ishi ochdi. 15 kishilik ekipajga ega bo‘lgan 136 metrlik tanker halokatga uchrashi oqibatida kamida bir kishi halok bo‘ldi.
Tanker 4300 tonna mazut – past sifatli og‘ir yoqilg‘i olib ketayotgan edi. Rossiya favqulodda vaziyatlar xizmati yordamchi kemalar va Mil Mi-8 vertolyotini jalb etgan holda qutqaruv operatsiyasini boshladi. 12 kishi evakuatsiya qilindi, ulardan 11 nafari shifoxonaga yotqizilgan, ikki kishining ahvoli og‘ir ekani TASS agentligi tomonidan sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Aleksey Kuznetsovga tayanib xabar qildi.
Oradan ko‘p o‘tmay, yana bir yuk tashuvchi kema – "Volgoneft-239" ham shu hududda halokatga uchradi. U atigi 4 tonna yoqilg‘i olib ketayotgan edi. Dastlabki xabarlarga ko‘ra, bu kema ham cho‘kkan edi.
Biroq, Favqulodda vaziyatlar vazirligi 1973 yilda qurilgan, 132 metrlik kemaning Qerch bo‘g‘ozining janubiy qismidagi Taman porti yaqinida, qirg‘oqdan 80 metr uzoqlikda qirg‘oqqa urilib to‘xtab qolganini bildirdi. Vazirlik Telegram orqali ob-havo yomonligi sababli 14 kishilik ekipajni evakuatsiya qilish to‘xtatilganini ma’lum qildi.
Prezident Vladimir Putin qutqaruv operatsiyasini tashkil qilish va yoqilg‘i to‘kilishining oqibatlarini yumshatish uchun hukumatga ishchi guruh tuzishni buyurdi. Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskovning xabariga ko‘ra, Putin bu masalada favqulodda vaziyatlar va ekologiya vazirlari bilan uchrashuv o‘tkazgan.
55 yillik "Volgoneft-212" kemasi Sankt-Peterburgda ro‘yxatga olingan va yaqinda qayta jihozlangan edi. Uning markaziy qismi kesilib, orqa va old qismlari qayta payvandlangan edi. Aftidan, aynan shu joy yorilib ketgan deb tahmin qilinmoqda.

Powered by Froala Editor