Qo‘yliq bozori rekonstruksiya qilinadi
O'zbekiston
Rekonstruksiya davrida tadbirkorlar o‘z faoliyatini “Food city” va “Toshkent indeks”da davom ettirishi mumkin.
Toshkent shahridagi oziq-ovqat, dehqon va buyum bozorlarida qurilish hamda rekonstruksiya ishlari boshlanmoqda. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati eʼlon qildi.
Qayd etilishicha, birinchi bosqichda poytaxtning barcha bozorlariga mahsulotlarni asosiy yetkazib beruvchisi boʻlgan Toshkent qishloq xoʻjalik mahsulotlari ulgurji bozori rekonstruksiya qilinadi.
Hokimlikka koʻra, bozorga olib kelinayotgan mahsulotlar bozor hududiga sigʻmay, atrofidagi hududlarda, shu jumladan Chirchiq kanali boʻyida tartibsiz savdo amalga oshirilayotgani hamda bozor hududiga kuniga 600 dan ortiq yuk mashinalari kirib-chiqishi avtomobil yoʻllarning tirbandligiga asosiy sabab boʻlmoqda va aholiga jiddiy noqulayliklar yaratmoqda.
Rekonstruksiya davrida tadbirkorlar oʻz faoliyatini “Food City”, “Toshkent indeks” va boshqa savdo majmualarida tashkil etilgan qulay sharoitlarda davom ettirilishi taklif qilinmoqda.
Bunda, tadbirkorlar mulklarini koʻchirish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar (transport, yuklash, tushirish va boshqalar) bepul amalga oshiriladi hamda savdo majmualaridagi doʻkonlar uchun ijara toʻlovlaridan 3 oyga ozod qilinadi.
Shuningdek, aholiga qulay sharoit yaratish maqsadida “Qoʻyliq” massividan bozor hududigacha yoʻlkira haqi olinmaydigan 10 ta avtobus yoʻnalishga qoʻyilib, jamoat transporti uchun shohbekat tashkil qilindi va shaharning barcha yoʻnalishlarga chiqish imkoni yaratildi.
Bozorda faoliyat yuritayotgan 144 nafar ishchi-xodimlar “Food city” va “Toshkent indeks” savdo majmualarida ish bilan taʼminlanadi.

Powered by Froala Editor