Qozog‘iston hukumati delegatsiyasi mamlakatimizga tashrif buyurdi
Siyosat
Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Oljas Bektenov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi 14-15-mart kunlari O’zbekistonga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portalida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamda Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Oljas Bektenov boshchiligida ikki mamlakat hukumat delegatsiyalarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro hurmat ruhida jadal rivojlanib borayotgani, bunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev o‘rtasidagi do‘stona hamda ishonchli munosabatlar muhim omil bo‘layotgani ta’kidlandi.
Uchrashuvda Oliy darajada erishilgan, shu jumladan, tovar ayirboshlashni oshirish, sanoat kooperatsiyasi, transport-logistika, energetika, suv xo‘jaligi, madaniy-gumanitar sohalaridagi loyihalarni ilgari surish borasida erishilgan kelishuvlarning ijrosini to‘liq ta’minlash zarurligiga alohida e’tibor qaratildi.
Qozog‘iston hukumati delegatsiyasining mamlakatimizga amaliy tashrifi doirasida Toshkent shahridagi Bojxona rasmiylashtiruvi markazi va Texnopark faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Powered by Froala Editor