Qozog'iston kon fojiasi: 22 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab kishilar yer ostida qolib ketdi

Dunyo

Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatidagi milliarder Lakshmi Mithalga tegishli Kostenko konida fojiali voqea sodir bo‘ldi. 16 nafar konchi halok bo'ldi, yana 30 nafari yer ostida qolib ketdi.

Qozog'iston kon fojiasi: 22 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab kishilar yer ostida qolib ketdi
Bugun Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatidagi konda fojia yuz berdi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, hodisa oqibatida 16 nafar konchi halok boʻlgan, 30 kishi esa yer ostida qolib ketgan.

Konga egalik qiluvchi “ArcelorMittal Temirtau” kompaniyasi hindistonlik milliarder Lakshmi Mittalga tegishli. Kompaniya xodimlari va mahalliy xizmatlar qamalib qolgan konchilarni qidirish yo’lida qutqaruv ishlarini davom ettirmoqda.

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev hukumatga ushbu fojia munosabati bilan “ArcelorMittal Temirtau” kompaniyasi bilan hamkorlikni to‘xtatish haqida ko‘rsatma bergan edi. Ta'kidlash joizki, joriy yil boshida ushbu kompaniyaning boshqa konida besh nafar konchi halok bo'lgan, bu esa norozilik va sodir bo'lgan voqeani tergov qilishni talab qilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing