Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasida yashirin yer osti yo'li topildi
O'zbekiston
Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasida yashirin yer osti tuneli orqali jinoyatchilar neft mahsulotlari kontrabandasi bilan shug'ullangan. Mas'ul idora vakillari tomonidan, jinoiy guruhining faoliyati to‘xtatilgan va yer osti tunneli yo‘q qilingan. Bu haqida Turkiston viloyati prokuraturasi xabar berdi.
Guruh a'zolari tomonidan Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasida uzunligi 450 metr bo‘lgan tunnel qazilgan. Ushbu tunnel orqali har kuni 5-7 tonna yoqilg‘i mahsulotlari noqonuniy ravishda olib o‘tilgan.
Noqonuniy faoliyat taxminan ikki oy davom etgan. Maxsus tadbirlar orqali jinoiy guruhining barcha a'zolari aniqlangan, ulardan ba'zilari O‘zbekiston fuqarolari ekanligi ma’lum bo‘lgan.
Shunga o‘xshash tadbirlar O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan davlat chegarasi yaqinida o‘tkazilgan. Bundan tashqari, qo‘shni davlatdan eksport qilingan yoqilg‘i uchun pul mablag‘larini o‘tkazish sxemasi aniqlangan.
Transmilliy jinoyat guruhining a'zolari, nafaqat Qozog‘iston, balki O‘zbekiston hududida ham ushlangan. Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov ishlari olib borilmoqda.

Powered by Froala Editor