Qozog‘iston Telegram AI-dasturlash markaziga aylanadi

Dunyo

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bugun, 2-oktabr kuni, Ostona shahrida o‘tayotgan Digital Bridge 2025 xalqaro forumi doirasida Telegram asoschisi Pavel Durov bilan uchrashdi.

Qozog‘iston Telegram AI-dasturlash markaziga aylanadi
Uchrashuvda ta’lim, sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik sohalaridagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Prezident To‘qayev Telegram’ning mamlakat raqamli kun tartibini rivojlantirishdagi hissasini yuqori baholab, kompaniya Astana Hub rezidenti bo‘lgani, Qozog‘istonda ofis ochgani va AIem.Ai markazida AI-laboratoriyalarni ishga tushirganini alohida ta’kidladi.

Pavel Durov esa prezidentga sun’iy intellekt bo‘yicha qo‘shma loyihalar rejalari haqida so‘zlab berdi. Jumladan, Telegram Qozog‘istondagi superkompyuter bazasida blokcheyn va sun’iy intellektni birlashtirgan yangi loyiha ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Durovning aytishicha, ushbu texnologiya milliarddan ortiq foydalanuvchiga shaffof va markazlashtirilmagan tizim orqali AI funksiyalaridan foydalanish imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili ham Durov Qozog‘istonga tashrif buyurib, mamlakatdagi 20 million aholining 12,5 millioni Telegram’dan foydalanishini qayd etgan edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing