Qozog'iston va O'zbekistonni bog'lovchi yangi temiryo'l linyasi qurilmoqda
O'zbekiston
Qozog'iston va O'zbekiston o'rtasida yangi temir yo'l qurish, mintaqaviy transport aloqalarini mustahkamlash va ikki mamlakat o'rtasidagi yuk tashish hajmini oshirishga qaratilgan. Qurilish uchun "Samuruk-Qazina" portfel kompaniyasi – "Qozog'iston Temir Yo'llari" tomonidan 286 milliard tenge miqdorida investitsiya ajratilgan.
Hozirda mazkur loyiha asosida rejalashtirilgan 203 kilometr yo'lning taxminan 100 kilometriga rels-shpal to'rlari yotqizilgan. Shuningdek, 9,5 million kubometr yer qazish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo'lsa, uning 1,4 million kubometri (15 foizi) bajarilgan.
Ushbu loyihaga 46 ta yo'l-qurilish texnikasi va 70 dan ortiq ishchi jalb etilgan. Qurilishda mahalliy ishlab chiqaruvchilarning materiallari ishlatilishi rejalashtirilgan.
Loyihaning qurilish bosqichida 3400 vaqtinchalik ish o'rni yaratiladi. 2027-yilda loyiha to'liq foydalanishga topshirilgach, 500 dan ortiq doimiy ish o'rni taqdim etilishi kutilmoqda.
Yangi temir yo'l liniyasining ishga tushirilishi ikki mamlakat o'rtasidagi yuk tashishlarni yanada samarali va tezkor qilish bilan birga, mintaqaviy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadi. Bu, shuningdek, eksport va import hajmlarini sezilarli darajada oshiradi.

Powered by Froala Editor