Qozog’istonda bo’lib o’tgan qilichbozlik turnirida sportchilarimiz birinchi o’rinni egallashdi

Sport

Musobaqa 2004-yil tug‘ilgan va undan kichik yoshdagi o‘smirlar o‘rtasida o’tkazildi.

Qozog’istonda bo’lib o’tgan qilichbozlik turnirida sportchilarimiz birinchi o’rinni egallashdi
Ayni kunlarda Qozog‘istonda qilichbozlik bo‘yicha Felinskiy sharafiga bag‘ishlab, turnir o‘tkazildi.

Sportchilarimiz ham shaxsiy, ham jamoaviy bahslarda qator g‘alabalarni qo‘lga kiritib, O’zbekiston bayrog'ini yana yuqoriga ko’tarishdi.

Jumladan, rapirachimiz Azamat Muhamedov qozog‘istonlik raqibi Nurumov Emirni 15:10 hisobida mag‘lub etib, turnirning mutlaq chempioniga aylandi.

Umumjamoa bahsida rapirachilarimiz A. Muhamedov, S. Rahmonov, R. Salak, S. Po‘latov finalda Qozog‘iston terma jamoasini 45:39 hisobida mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Jamaoviy musobaqa natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston birinchi o‘rinni, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni esa Qozog‘iston jamoalari egalladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing