Qozog‘istonda kambag‘allik darajasi 12 yillik rekordni yangiladi

Iqtisodiyot

1,1 million qozog‘istonlik oyiga 51 710 tengedan kam pulga kun kechirmoqda.

Qozog‘istonda kambag‘allik darajasi 12 yillik rekordni yangiladi
Qozogʻistonda 2023-yilning iyul-sentyabr oylarida daromadi yashash minimumidan past bo‘lgan qozog‘istonliklar soni aprel-iyun oylariga nisbatan 9 foizga o‘sib, 1,1 million nafardan oshdi. Bu haqda Birinchi kredit byurosi tahliliy markazi rasmiy statistik ma’lumotlarga tayanib xabar berdi.

"Bu kamida 2011-yilning birinchi choragidan beri eng yuqori ko'rsatkichdir. Avvalgi davrlar bilan taqqoslash hisoblash metodologiyasidagi o‘zgarishlar tufayli murakkablashdi”, deya ta’kidladi tahlilchilar.

Qayd etilishicha, mamlakatda joriy yilning uchinchi choragida yashash narxi 51 710 tengeni (taxminan 1 mln 409 ming so‘m) tashkil qilgan boʻlib, qozog‘istonliklarning 5,6 foizi bir oy davomida bundan kam pul bilan yashashga majbur bo‘lgan. Uch oy mobaynida esa bu ko‘rsatkich 0,5 oshgani qayd etilgan.

Kambag‘al aholi ulushi bo‘yicha Turkiston (9,6 foiz) va Yettisuv (9,3 foiz) viloyatlari yuqori o‘rinda turadi. Kambag‘al aholining eng past ulushi Ostonaga (2,7 foiz) to‘g‘ri keladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing