Qozog‘istonda qirqdan ziyod avtomobillar ishtirokida mega YTH sodir bo‘ldi
Dunyo
Qozog‘istondagi Ostona-Shuchinsk magistral yo‘lining Ko‘g‘om va Qoratol qishloqlari orasidagi qismida yuzlab avtomobillar ishtirokida yirik yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.
Mamlakatdagi noqulay ob-havo sharoiti (sovuq va kuchli shamol) tufayli yo‘l ertalab soat 7:20 da yopilgan. Tushga yaqin yo‘lda qolib ketgan haydovchilarga yordam berish uchun politsiya va maxsus texnika yetib kelgan.
Shundan so‘ng, mashinalar karvoni Shuchinsk tomon harakatlangan. Harakatlanish jarayonida mashinalardan biri tezlikni me’yoridan oshirgan, oqibatda, yuzlab avtomobillar to‘qnashgan.
Tengrinews.kg xabar berishicha, Temirtov yaqinidagi Qarag‘anda shossesida 800 ga yaqin avtomobil to‘planib qolgan. Politsiya haydovchilarni noqulay ob-havo sharoitida shahar tashqarisiga chiqmaslikka chaqirmoqda.
Hozircha, qurbonlar yoki jabrlanganlar haqida hech qanday ma’lumotlar berilmagan.

Powered by Froala Editor