Qozog‘istonda yo‘lovchi samolyot halokatga uchradi. Deyarli barcha halok bo'lgan
Dunyo
Bugun, 25-dekabr kuni ertalab Qozog‘istonning g‘arbiy qismidagi Oqto‘be shahri aeroporti yaqinida, Boku-Groznoy yo‘nalishida parvoz qilayotgan Azerbaijan Airlines aviakompaniyasining "Embraer E190AR" samolyoti halokatga uchradi.
Lada.kz nashrining xabariga ko‘ra, bortda 105 nafar yo‘lovchi va 5 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan.
Baza saytining xabar berishicha, dastlabki ma’lumotlarga ko'ra, bu reysda 60 dan ortiq Rossiya fuqarosi bo‘lgan.
Halokat joyiga Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari va texnikalari tezda yetib borgan.
Lada.kz nashri vazirlik axborotiga tayanib, hodisada omon qolganlar borligini xabar qildi.
Orda.kz , esa mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Akmaral Alnazarovaning bayonatiga asoslanib, 12 nafar omon qolganlar haqida ma’lumot berdi. Ularning ahvoli og‘ir.
Mash nashrining xabariga ko‘ra, samolyot qushlar bilan to‘qnashuv va boshqaruv tizimidagi nosozlik sababli favqulodda signal bergan. Tuman tufayli samolyot Groznoy aeroportiga qo‘na olmagan, shuning uchun u avval Maxachqalaga, so‘ng Oqto‘bega yo‘naltirilgan.

Powered by Froala Editor